» » Sirdaryoda birgalikda spirtli ichimlik ichgan norasmiy er-xotin o‘rtasidagi janjal ayolning o‘limi bilan tugadi

Sirdaryoda birgalikda spirtli ichimlik ichgan norasmiy er-xotin o‘rtasidagi janjal ayolning o‘limi bilan tugadi


Sirdaryo viloyatida 39 yoshli erkak o‘zining 50 yoshli shar’iy nikohdagi xotini bilan spirtli ichimlik ichgan. Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va erkak ayolni urib o‘ldirib qo‘ygan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2020-yilning 15-sentabr kuni tungi soat 02:30 da Guliston shahrida 39 yoshli S.X. shar’iy nikoh asosida yashovchi 50 yoshli ayol Z.Sh. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Ularning o‘rtasida kelib chiqqan janjalda S.X. turmush o‘rtog‘i Z.Sh.ning badanining turli joylariga qo‘li bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada Z.Sh. olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishlilik bo‘yicha Guliston shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limiga yuborilgan.

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha S.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют