» » Tailandda o‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalasini zararkunandalardan tozalashga yordam bermoqda (video)

Tailandda o‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalasini zararkunandalardan tozalashga yordam bermoqda (video)


Tailand dalalarida sholi hosili unumdorligi uchun o‘rdaklar armiyasidan foydalanilayotgani dron yordamida videoga olindi. O‘n mingga yaqin o‘rdak sholi dalalarini hasharot va boshqa zararkunandalardan tozalashda yordam beradi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Nakxon provinsiyasi fermerlari tomonidan suratga olingan mazkur rolikda o‘rdaklarning maydon bo‘ylab yurishini ko‘rish mumkin.

[twitter_video link="https://help.twitter.com/en/twitter-for-websites-ads-info-and-privacy"]

O‘rdaklar 5 oy davomida dalalarni hasharotlardan tozalab berganidan keyin ko‘paytirish uchun fermaga qaytariladi, deyiladi xabarda.

O‘rdaklar egasi Alivat Chalermklinning ta’kidlashiga qaraganda, ushbu aksiya ikki tomon uchun ham foyda keltiradi. Sholi yetishtiruvchilar zararkunandalarga qarshi ortiqcha xarajat qilmaydi, fermerlarning esa o‘rdaklar oziq-ovqati uchun sarflaydigan mablag‘i tejaladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 44) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют