» » Luka Yovich “Real”dan ketmoqchi

Luka Yovich “Real”dan ketmoqchi


“Real” hujumchisi Luka Yovich jamoani tark etmoqchi. Serbiyalik futbolchi ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni xohlamoqda, deya xabar bermoqda AS.

Manbaga ko‘ra, Yovich ijara asosida boshqa jamoaga ketish haqida o‘ylamoqda va allaqachon variantlarni ko‘rib chiqishni boshlab yuborgan. “Real” ham o‘z navbatida futbolchisini ijaraga berishga hamda uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini qaytarishga yordam bermoqchi.

Ma’lumot uchun, Yovich 2019-yildan beri “qirollik klubi”da to‘p suradi. O‘tgan mavsumda 22 yoshli futbolchi La Liganing 17 o‘yinida maydonga tushib, o‘z nomiga 2 gol va 1 golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Ta’kidlanishicha, unga hozirda “Milan” va “Herta” klublari qiziqish bildirmoqda.

Mavzuga doir: Nomi ulug‘, suprasi quruq. O‘ynamasdan millionlab yevro topayotgan 10 nafar taniqli futbolchi haqida

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют