» » Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30 million kishidan oshdi

Butun dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30 million kishidan oshdi


Butun dunyo bo‘yicha COVID-19 koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 30 million kishidan oshdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti tomonidan ma’lum qilindi.

Universitet ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 30 175 496 kishini tashkil qilmoqda. COVID-19 kasalligi oqibatida vafot etganlarning soni esa 946 063 kishiga yetgan. Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlarning 20 527 308 nafari kasallikdan tuzalishga muvaffaq bo‘lgan.

Dunyo mamlakatlari orasida koronavirus qayd etilgan bemorlar soni bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. Shu paytga qadar AQShda 6,6 milliondan ortiq kishiga COVID-19 tashxisi qo‘yilgan, 197 ming odam kasallik qurboniga aylangan, 2,5 million bemor kasallikdan tuzalgan.

Kasallanganlar soni bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Hindiston (5,1 million), Braziliya (4,4 million) va Rossiya (1,085 million) egallab turibdi.

Eslatib o‘tamiz, 13-sentabr kuni bir sutka ichida butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 307,9 ming kishiga oshib, koronavirus bilan kasallanishlar soni bo‘yicha yangi sutkalik rekord qayd etilgandi.

Mavzuga doir: Braziliya prezidenti mamlakat koronavirusni yengganini ma’lum qildi

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30-avgustda 25 milliondan, 11-sentabr kuni 28 milliondan, 14-sentabr kuni esa 29 million kishidan oshgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют