» » “Oddiy xalqning qonini ichasizlar”. Kaniza va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi (video)

“Oddiy xalqning qonini ichasizlar”. Kaniza va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi (video)


Ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Kaniza va YPX xodimi o‘rtasidagi tortishuv videosi tarqaldi. Ushbu videolavha “Yoshlar” telekanalining “Avtopatrul” ko‘rsatuvida efirga uzatilgan.

Kaniza 2-sentabr kuni Captiva avtomobilida harakatlanib ketayotgan vaqtida YPX xodimi tomonidan to‘xtatilgan hamda “tonirovka” ruxsatnomasi muddati o‘tib ketgani aniqlangan.

“Avtotransport vositasiga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirgan paytimda ‘tonirovka’ ruxsatnomasi muddati 29-avgust kuni o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. Haydovchiga avtomobil vaqtinchalik jarima maydonchasiga olib ketilishini aytsam, qarshilik qilyapti”, — deydi YPX xodimi.

Shu paytda suhbatga Kaniza ham aralashadi hamda savoli borligini aytadi.

“‘Tonirovka’ning muddati 29-avgustda o‘tib ketgan, bayram munosabati bilan 3 kun dam olish kuni berildi. Hatto koronavirusga ham analiz topshira olmadik, 2, 3-kuni ishlaymiz deyishdi. Bir kun o‘tib ketgani uchun qonimizni ichyapsiz, qo‘pol muomala qilyapsiz”, — deydi xonanda.

YPX xodimi suhbat bodikamerasiga yozilganini, qo‘pol muomala qilmaganini aytadi. “Bechora qolgan odamlar nima qilarkan-a? Oddiy xalqning qonini ichasizlar”, — deydi Kaniza.

Videolavha so‘ngida Kanizaning Captiva’si jarima maydonchasiga qo‘yilgani aytilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 12:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют