» » Ozbekistonda mansabdorlarni tasvirga tushirish va undan foydalanish uchun rozilik talab qilinmaydi

Ozbekistonda mansabdorlarni tasvirga tushirish va undan foydalanish uchun rozilik talab qilinmaydi


Yangi tahrirdagi Fuqarolik kodeksiga fuqaroning oz tasviriga bolgan huquqi himoyasini taminlashga qaratilgan alohida modda kiritilmoqda. Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti direktori Azam Madaminov fuqaroni tasvirga tushirishga va undan foydalanishga rozilik olish masalasida tushuntirish berib otdi.

Fuqarolik kodeksi loyihasiga kiritilayotgan Fuqaroning tasviriga bolgan huquqini himoya qilish deb nomlangan moddaga kora, fuqaroni tasvirga tushirish (uning foto va videotasvirini hamda uning tasviri aks etgan tasviriy sanat asarini yaratish), shuningdek, uning tasviridan foydalanish uchun ushbu fuqaroning roziligi; agar fuqaro voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolsa, uning qonuniy vakillari roziligi; vafot etgan bolsa, farzandlari, eri (xotini) yoki ota-onasining roziligi talab etiladi.

Yani umumiy qoida tariqasida har qanday fuqaroning foto yoki videotasviridan foydalanish uchun uning roziligi talab qilinadi.

Shu bilan birga, bu umumiy qoidadan istisno, yani fuqaroni tasvirga tushirish va undan foydalanishga rozilik olishni talab qilmaydigan quyidagi holatlar mavjud:

1) tasvirdan davlat yoki jamiyat manfaatlari uchun foydalanilganda rozilik talab etilmaydi. Bunday foydalanishga huquqbuzarlikka qarshi kurashish, davlat xavfsizligini taminlash, tasvirdagi shaxsning jinoyat sodir etganligi yoki bedarak yoqolganligi sababli qidiruv elon qilish, davlat va jamoat arboblari hamda ilm-fan, madaniyat va boshqa sohalar taniqli vakillarining tasviridan jamiyat uchun katta qiziqish uygotadigan axborotni tarqatish maqsadlarida foydalanish, shuningdek davlat xizmatchilarini xizmat vazifalarini bajarish jarayonida tasvirga tushirish va bunday tasvirlardan foydalanish hollari kiradi.

Yani tasvirdan shaxsiy manfaatlarda emas, balki davlat va jamiyat manfaatlarida foydalanilganida, shu jumladan, davlat xizmatchisini xizmat vazifasini bajarish jarayonida tasvirga tushirilganda va bu tasvirlardan foydalanilganda rozilik olish talab qilinmaydi (bunday holatga bugungi kundagi qonunchilikdan ham misol keltirish mumkin. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 1-dekabr 975-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga kora, yol harakati qatnashchilari YPX xodimi bilan ozaro munosabatini oziga tegishli audio, foto va videoqurilmaga qayd qilish huquqiga ega).

2) fuqaro ommaviy tadbirlarda (konsert, bayram sayillari vaboshqalar) va jamoat joylarida (umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat korsatish obyektlari, talim muassasalari, hayvonot bogi, istirohat boglari, kochalar va boshqa jamoat joylarida) tasvirlangan bolib, bunday tasvirdan foydalanishdan maqsad faqat ushbu joylardagi umumiy jarayonlarni namoyish etish bolgan hollarda rozilik talab etilmaydi.

Yani jamoat joylarida yoki ommaviy tadbirlarda fuqaroni shaxsni tasvirga olish va bu tasvirdan foydalanish uchun rozilik talab qilinmaydi. Faqat buning sharti tasvirga olish obyekti bevosita shu shaxs bolmasligi kerak.

3) shuningdek, fuqaroni tasvirga tushirish va (yoki) uning tasviridan foydalanishdan maqsad ushbu fuqaroning huquqlarini himoya qilish bolganda, fuqaroning haq evaziga tushirilgan tasviridan ushbu tasvirni tushirishdan kozlangan maqsadlarda foydalanilganda fuqaroning ozi hamma foydalanishi mumkin bolgan manbalarda elon qilgan tasvirdan foydalanilganda ham rozilik talab etilmaydi.

Fuqaroni tasvirga tushirish va tasviridan foydalanishda uning roziligini olish talabiga rioya qilinmaganda qanday javobgarlik kelib chiqishi masalasini ham togri talqin qilish muhim. Huquq buzilishi fuqarolik-huquqiy munosabatdan kelib chiqqani uchun bu holatda javobgarlik ham fuqarolik-huquqiy xarakterga ega boladi (mamuriy yoki jinoiy javobgarlik kelib chiqmaydi).

Yani ozining tasviridan roziligisiz foydalanishga duch kelgan fuqaro ikkinchi tarafdan ozining tasvirini (fotoapparat, kamera, mobil telefon va boshqa uskunalar xotirasidan) ochirib tashlashni, tasviri aks etgan narsalarni yoq qilish va muomaladan chiqarishni, shuningdek, ommaviy axborot vositalaridan, internet tarmogidan, tashqi reklama va reklama xususiyatiga ega bolgan tarqatma materiallardan olib tashlashni talab qilish huquqiga ega boladi.

Agar bu talablar bajarilmasa, fuqaro (vafot etgan bolsa uning farzandlari, eri (xotini) yoki ota-onasi, voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolsa qonuniy vakillari) talablarni majburiy bajartirish, shuningdek, oziga yetkazilgan moddiy zarar va manaviy ziyonni undirish uchun sudga murojaat qilishi mumkin boladi. Bunda fuqaro ozi talab qilayotgan holatlarni, oziga moddiy zarar va manaviy ziyon yetkazilganini isbotlashi lozim boladi.

Shaxsni tasvirga tushirish uchun uning roziligini olish talabi rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud. Masalan, Yevropa ittifoqining (EU) 2016/679-sonli reglamentida (2018-yil 25-mayda kuchga kirgan) shaxsiy malumotlarni qayta ishlash (toplash, yozib olish, foydalanish, tarqatish vaboshqalar) shaxsiy malumot subyekti ozining shaxsiy malumotlarini bir yoki bir nechta aniq maqsadlarda qayta ishlashga rozilik bergan taqdirdagina qonuniy hisoblanishi belgilab qoyilgan. Ushbu reglamentga kora, inson yuzining tasviri uning shaxsiy malumotlari qatoriga kiradi.

MDH mamlakatlaridan Rossiya Fuqarolik kodeksining 152-1-moddasida fuqaroning tasvirini tarqatish va undan foydalanish faqat shu fuqaroning, agar fuqaro vafot etgan bolsa uning farzandlari, eri (xotini) yoki ota-onasining roziligi bilan amalga oshirilishi mumkinligi belgilab qoyilgan.

Yon qoshnimiz bolgan Qozogiston Fuqarolik kodeksining 145-moddasiga kora, hech kim boshqa shaxsning tasviridan uning roziligisiz (agar shaxs vafot etgan bolsa uning merosxorlari roziligisiz) foydalanishi mumkin emas. Fuqaroning tasvirini elon qilish, foydalanish va tarqatish shu fuqaroning, agar fuqaro vafot etgan bolsa uning farzandlari va eri (xotini) roziligi bilan amalga oshirilishi mumkin. Bunday rozilik qonunlarda belgilangan hollarda yoki shaxs haq evaziga tasvirga tushgan hollarda talab etilmaydi.

Fuqaroning tasvirini himoya qilish bugungi axborot kommunikatsiya rivojlangan davrda juda muhim. Chunki ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning tasvirlaridan foydalangan holda ularning shani va qadr-qimmatiga putur yetkazuvchi, oilaviy va shaxsiy sirini oshkor etuvchi malumotlar tarqatish hollari kam emas. Oqibatda jamiyatda fuqarolar ortasida turli nizolar kelib chiqmoqda.

Aslida, amaldagi Fuqarolik kodeksining 99-moddasida fuqaroning tasvirga bolgan huquqi tortib olinmasligi, ozga usul bilan boshqa shaxsga berilmasligi hamda himoya qilinishi belgilab qoyilgan bolib, tasvirga bolgan huquq daxlsizligi chegaralari aniq belgilanmagan.

Fuqarolik kodeksi loyihasiga tasvirga bolgan huquqni himoyasini taminlashga qaratilgan alohida modda kiritishdan maqsad yuqorida korsatilgan huquqiy boshliqni toldirish hamda barcha fuqarolarning tasvirga bolgan huquqlari himoyasini taminlash ekani takidlangan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (18-09-2020, 12:55)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 40) ( 0) ( 38) ( 2)
:
-
:
20 ... -