» » Yevropa Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi

Yevropa Ligasi 2019/20-yilgi mavsumining eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar ma’lum bo‘ldi


UEFA Yevropa Ligasining 2019/20-yilgi mavsumdagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lishga da’vogarlarni e’lon qildi.

Unga ko‘ra ro‘yxatdan to‘rt nafar futbolchi o‘rin olgan. Bular: “Inter” hujumchisi Romelu Lukaku, “Sevilya” yarim himoyachisi Ever Banega va “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Brunu Fernandesh.

Lukaku “Inter” bilan musobaqa finaliga qadar yetib borgan va o‘z nomiga 7 ta gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, Banega “Sevilya” safida turnir bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Brunu Fernandesh esa mavsumni “Sporting” bilan boshlab, keyinchalik (fevral oyida) “Manchester Yunayted”ga o‘tdi. Umumiy hisobda u 10 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi.

G‘olib 2-oktabr kuni Yevropa Ligasining 2020/2021-yilgi mavsumiga qur’a tashlash marosimida aniqlanadi.

Mavzuga doir: Yevropa Ligasida mavsumning ramziy terma jamoasi e’lon qilindi. Undan 23 futbolchi o‘rin oldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют