» » Adeldan Jessika Simpsongacha: Ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan yulduzlarning kiyinish uslubi qanchalik o‘zgardi?(foto)

Adeldan Jessika Simpsongacha: Ortiqcha vazndan xalos bo‘lgan yulduzlarning kiyinish uslubi qanchalik o‘zgardi?(foto)


Ortiqcha vaznga ega bo‘lgan insonlar qanchalar xushbichim va ozg‘in bo‘lishni istamasin, ulardan ayrimlarigina maqsadiga erishadi. Erishganlar orasidan ko‘pchiligi mashhur insonlarni tashkil etadi. Quyida 36 kilogramm va undan ham ko‘p vazn yo‘qotgan yulduzlar haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.

Jessika Simpson

Jessika Simpsonning albomlari bir necha soniyada sotilar, moda namoyishlariga taklif etilar, shaxsiy hayotining tafsilotlarini odamlar zavq bilan muhokama qilar edi. Ammo oradan bir qancha vaqt o‘tib, Jessikaning o‘zi sezilarli darajada o‘zgardi. U dastlab haddan ortiq vazn yig‘di va keyinchalik uni yo‘qota boshladi. Jessika parhez tutish natijasida 6 oy ichida 45 kilogramm vazn tashladi.

Kris Pratt

Aktyor Kris Prattning tashqi ko‘rinishida kutilmagan darajada o‘zgarish yuz berdi. U bir necha filmdagi roli uchun 36 kilogrammga vazn tashladi. Hattoki uning bu o‘zgarishi bo‘lajak turmush o‘rtog‘i — Arnold Shvarseneggerning nabirasi Ketrin bilan uchrashuviga ham ijobiy ta’sir qildi. Aktyor mushaklarini chiqaribgina qolmay, garderobini ham tubdan yangiladi. Albatta, uning hozirgi ko‘rinishi avvalgisidan tamoman farq qiladi.

Merayya Keri

Vazn yo‘qotishi uslubiga ta’sir qilmagan yulduzlardan biri – Merayya Keridir. Qo‘shiqchi avvalgi uslubida qanday kiyingan bo‘lsa, katta vazn tashlashdan keyin ham o‘zgarishsiz qoldi. Uning chinakam go‘zalligi 50 kilogramm ozgandan so‘ng sezila boshladi.

Adel

Vazn tashlashda eng sezilarli o‘zgarish Adelda sodir bo‘ldi. U 45 kilogrammga ozib, haqiqiy malikaga aylandi. Bunday kutilmagan go‘zallikning asosiy sababi tadbirkor Saymon Konekki bilan ajrashish tufayli yuz bergan.

Zak Galifianakis

Komediyalardagi ijrosi bilan tanilgan Zak Galifianakisning tashqi ko‘rinishi faqat komik obrazlarga mos bo‘lgan. Biroq unga taklif qilingan bir necha jiddiy rollar tufayli yulduz 45 kilogramm vazn tashladi. Ammo uning qomatidagi o‘zgarish uslubiga ta’sir o‘tkazmadi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют