» » Kichik Donald Tramp otasining 100 kun mobaynidagi asosiy yutuqlarini sanab o‘tdi

Kichik Donald Tramp otasining 100 kun mobaynidagi asosiy yutuqlarini sanab o‘tdi


AQSh prezidentining o‘g‘li kichik Donald Tramp otasining davlat rahbari lavozimidagi 100 kun mobaynida tashqi siyosiy sahnada erishgan yutuqlarini sanab o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Kichik Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida Suriyadagi aerodromning o‘qqa tutilishi, IShIdga qarshi kurash va KXDR tahdidining oldini olishga qaratilgan harakatlar prezidentning asosiy muvaffaqiyatlari ekanligini bildirdi.

“Bosh qo‘mondon sifatida otam kimyoviy qurol qo‘llagan Suriya prezidenti Bashar Asadga qarshi keskin harakatlarga qo‘l urdi. Amerika IShIDga qarshi hamma joyda — Afg‘oniston g‘orlaridan tortib Mosulgacha kurashmoqda. Qo‘shma Shtatlar, nihoyat, Shimoliy Koreya tahdidining oldini olishga urinmoqda.

Prezident Tramp AQSh qurolli kuchlari qudratini tiklash, dushmanlarga qarshi kurash va mamlakatni himoya qilish uchun jangovar tayyorgarligini oshirishga ahd qilgan”, — ta’kidladi kichik Donald Tramp.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 02:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют