» » Ohangaronda Hyundai’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida bir ayol va uning besh oylik farzandi halok bo‘ldi

Ohangaronda Hyundai’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida bir ayol va uning besh oylik farzandi halok bo‘ldi


Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o‘rgan M-39 avtomobil yo‘lida Hyundai Porter va traktor o‘rtasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir oilaning ikki a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 17-sentabr kuni soat 20:30 da X.T. ismli 35 yoshli Hyundai Porter avtomobili haydovchisi Guliston—Bo‘ka—Angren—Qo‘qon—Andijon—Osh avtomobil yo‘lining Toshkent shahri yo‘nalishiga qarab harakatlanayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda chapga qayrilish uchun (ruxsat etilgan joyda) to‘xtab turgan “T-28” rusumli traktorning tirkamasiga kelib urilgan.

Natijada Hyundai Porter avtomashinasining yo‘lovchilari, ya’ni haydovchi X.T.ning 32 yoshli turmush o‘rtog‘i tan jarohatlari olib hodisa joyida hamda besh oylik qizi Ohangaron tuman markaziy shifoxonasining qabul bo‘limiga olib kelingan vaqtda vafot etgan. Bundan tashqari, X.T.ning 7, 10 va 12 yoshli o‘g‘illari turli darajadagi tan jarohatlari bilan, tuman markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda jinoyat ishi viloyat IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi ish yurituviga olingan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona viloyatida tegishli hujjatlari bo‘lmagan 9-sinf o‘quvchisi boshqargan Labo avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan traktor tirkamasiga borib urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют