» » Burakning har qanday ko‘rinishini sevadigan Fahriye, xayriya loyihasining yuzi bo‘lgan Neslihan. Turk kinosi yangiliklari

Burakning har qanday ko‘rinishini sevadigan Fahriye, xayriya loyihasining yuzi bo‘lgan Neslihan. Turk kinosi yangiliklari


Muxlislar uchun sevimli bo‘lgan aktyor va aktrisalar pandemiya vaqtida ham tinch o‘tirgani yo‘q. Ularning aksariyati tomoshabinlarni quvontirish uchun yangidan yangi seriallarda ishtirok etish va xayriya loyihalarida faol bo‘lish bilan band.

Fahriye Evjen va Burak O‘zchivit Etiler tumanida joylashgan yangi restoranlardan birida reportyorlar e’tiboridan chetda qolmadi. Aktyor o‘zining “Qurilish: Usmon” serialidagi imiji unga yoqqani va qulayligini bildirgan. Fahriye esa Burak unga istalgan obrazda ham yoqishi, ammo aynan shu serialdagisini ko‘proq yoqtirganini ta’kidlab, suratga olish maydonchasiga tezroq qaytishni xohlashini qo‘shimcha qilgan.

Evjen serial uchun katta miqdorda gonorar so‘rayotgani haqidagi ma’lumotni inkor qilib, allaqachon ssenariylar bilan tanishishni boshlagani haqida xabardor qilgan. Bundan tashqari, juftlik o‘g‘li Karanni reklama roliklarida suratga tushishi va o‘zlarining Bodrumdagi ta’tilda janjallashgani haqidagi xabarlar mish-mish ekanini aytib, mazkur mavzularga nuqta qo‘ygan.

Irem Helvajio‘glu eng chiroyli sochlar egasi sifatida Watsons Tu?rkiye mukofotiga loyiq deb topilgan.

Elchin Sangu Galliard restoranidagi ish bilan bog‘liq uchrashuvidan keyin uni kutib turgan jurnalistlarga “Yaxshi va yomon kunda” nomli serialning suratga olish ishlari yaxshi ketayotgani, uchrashuvdan chiqib, yana suratga olish maydonchasiga qaytishini bildirgan.

Turk OAV Demet O‘zdemirning Barish Taylan bilan munosabatda ekani, juftlik tez-tez ko‘rishib turishi va ijtimoiy tarmoqlarda bir-birini kuzatib borishi haqida ma’lumot bergan. Ammo aktrisa bularning barini mish-mishdan boshqa narsa emasligini ta’kidlagan.

Neslihan Atagul 2020-yilda “Pembe top” (pushti to‘p) nomli xayriya loyihasining yuzi bo‘ldi.

Engin O‘zturk “Tug‘ilgan uying — taqdiring” serialida suratga tushishni boshladi. Muxlislar uni Barish rolida ko‘rishi kutilmoqda.

Birsen Aluntashning ta’kidlashiga qaraganda, “Eshigimni qoq” serialiga yangi aktyor qo‘shilishi va sujetning yanada qiziqarli davom etishi kutilmoqda. Serialda Serkan Polatning dushmani Kan rolini ijro qilgan Ismoil Ege Shashmaz esa loyihani tark etgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 19:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют