» » Qashqadaryoda 47 yoshli maktab direktori oz joniga qasd qildi. Marhum olimidan oldin xat yozib qoldirgani aytilmoqda

Qashqadaryoda 47 yoshli maktab direktori oz joniga qasd qildi. Marhum olimidan oldin xat yozib qoldirgani aytilmoqda


Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida maktab direktori oz joniga qasd qilgan. Bu haqda xabar bergan Nasafnews saytining yozishicha, direktor olimidan oldin xat yozib qoldirgan.

Xatda Hurmatli ustoz kasbdoshlar, har qanday sharoitda ham korrupsiyaga yol qoymang. Maktabda otirgan tonkalar ham qimirlasin. Kimligini bildingiz. Oshalarga yaratgandan insof tilab qolaman. Xalq bolasining kozini oymang. Sizlardan ham iltimos, degan jumlalar bor.

Daryo muxbirining aniqlik kiritishicha, oz joniga qasd qilgani aytilayotgan maktab direktori Kitob tumaniningYangi qishloq hududida joylashgan 13-maktabga rahbarlik qilib kelayotgan 47 yoshli T.N. bolgan.

Voqea 2020-yil 31-avgust kuni sodir bolgan.

Aprel yoki may oylari edi, marhumning IIBda ishlovchi ukasi Sh.T. yonimga kelib, akam ichkilikka berilib qolgan. Davolatganmiz, ammo foydasi bolmayapti. Shuning uchun ishdan boshatib yuboring. Sizlarni ham, bizni ham qiynab qoymoqda, dedi, deydi Kitob tuman xalq talimi bolimi mudiri Avloqul Avlayev.

Mudirning qoshimcha qilishicha, marhum tumandagi 13-maktabda 2018-yildan beri rahbarlik qilib kelgan.

Jamshid ismli xodimim marhum 2020-yil 31-avgust kuni ozini osib qoyganini aytgandi. 1-sentabr kuni dafn marosimida qatnashdik. Oshanda yaqinlari marhumni yurak xastaligidan vafot etdi deyishgandi. Shunday bolsa-da, Viloyat xalq talimi boshqarmasi hamda tuman IIBga ham xabar berdim, deydi tuman XTB mudiri.

Osha maktabda 2019-yilgacha kuratorlik qilganman. Shu boisdan ham maktab va jamoani yaxshi bilaman. Menga ham 31-avgust kuni tushdan song qongiroq qilib, direktor ozini osib qoyganini aytishdi. Men esa bu haqda darhol bolim rahbari Avloqul Avlayevga xabar berdim, deydi Jamshid Azimov.

XTB mudirining qoshimcha qilishicha, marhum dafn etilgach, odamlar orasida marhum direktor zamdirektor bilan kelishmas ekan, katta nizosi bor ekan, degan gap-sozlar tarqalgan. Shuningdek, marhumning opasi ham bu haqda tuman prokuraturasiga shikoyat qilgan.

Qashqadaryo viloyat prokuraturasi bilan boglanib, bu haqda malumot soraganimizda prokuratura axborot xizmati rasmiy malumot tez orada malum qilinishini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-09-2020, 20:25)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -