» » AQShda “Forrest Gamp” asari muallifi Uinston Grum vafot etdi

AQShda “Forrest Gamp” asari muallifi Uinston Grum vafot etdi


Amerikalik yozuvchi, hujjatli filmlar va “Forrest Gamp” romani muallifi Uinston Grum 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Amerikaning Alabama shtatidagi Ferxop shahar meri Kerin Uilson Facebook sahifasida ma’lum qildi.

“Men aziz do‘stim Uinston Grumning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziyamni izhor etaman. Ferxop ahli taniqli yozuvchisini yo‘qotdi”, ? deb yozadi Uilson. U yozuvchining o‘limi sababini aytmagan.

Ma’lumot uchun, Grum 1965-yil Alabama universitetini tamomlaganidan so‘ng 4 yil davomida AQSh armiyasida – Vyetnam urushida harbiy xizmatni o‘tagan. U Amerikaga qaytib kelganidan so‘ng “Washington Star” gazetasida muxbir bo‘lib ishlagan, keyinchalik bor e’tiborini roman yozishga qaratgan.

Uning eng mashhur asari – “Forrest Gamp” 1986-yil nashr etilgan bo‘lsa-da, 1994-yil romanning ekranlashtirilgan versiyasi Robert Zemekis va Tom Xenksning bosh roldagi ijrosi tufayli dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. Film 6 marotaba “Oskar” mukofotiga va boshqa sovrinlarga sazovor bo‘ldi. 1995-yil muallif romanning davomini “Gamp va kompaniya” nomi ostida nashr etdi.

“‘Forrest Gamp’ romani filmidan juda farq qiladi, kitob mazmunan boy hamda o‘ta qayg‘uli”, ? deydi Don Noubl USA Today nashriga. Noubl ? 40 yil davomida muallif bilan do‘st bo‘lib kelgan Alabama universitetining ingliz tili professori.

Grum tarixiy va badiiy adabiyotda samarali ijod qildi, shuningdek, Amerika fuqarolar urushi haqida ko‘p asarlar yozdi. Uning Vyetnam urushida dengiz piyodalari haqida “Dushman bilan suhbatlar” kitobi badiiy adabiyot bo‘yicha 1984-yilda “Pulitser” mukofoti finalchisi bo‘lgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 41) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют