» » “Liverpul” Tiago Alkantara transferini e’lon qildi

“Liverpul” Tiago Alkantara transferini e’lon qildi


“Bavariya” yarim himoyachisi Tiago Alkantara faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradi. “Qizillar” transferni rasman ma’lum qildi.

29 yoshli futbolchi ingliz klubi bilan uzoq yillik shartnoma imzolagan. Kelishuvning tafsilotlari oshkor etilmagan.

Avvalroq “Liverpul” ispaniyalik futbolchi transferi uchun 20+5 million funt sarflashi xabar qilingandi.

Tiago 2019/20-yilgi mavsum Bundesligada 24 o‘yin o‘tkazib, uchta golga mualliflik qildi.

Alkantara 2013-yildan buyon myunxenliklar safida to‘p surib kelardi. U “Bavariya”ga “Barselona”dan kelgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 20:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют