» » Avstraliyalik olimlar butunlay ko‘zi ojiz insonlarning ko‘rish qobiliyatini qayta tiklash tizimini yaratdi

Avstraliyalik olimlar butunlay ko‘zi ojiz insonlarning ko‘rish qobiliyatini qayta tiklash tizimini yaratdi


Avstraliyadagi Monash universiteti olimlari ko‘zning funksiyasini qaytarishga qodir Gennaris nomli bionik tizimni yaratdi, deb xabar beradi Daily Mail.

“Gap butunlay ko‘r insonlarning ko‘rish qobiliyatini qayta tiklash haqida ketmoqda. Buning uchun ularga bionik ko‘z o‘rnatiladi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, ko‘zga o‘rnatilgan kamera signallarni mikroprotsessorga yuboradi, u esa o‘z navbatida olingan tasvirlarni to‘g‘ri miyaga yo‘naltiradi.

Aniqlik kiritilishicha, Gennaris tizimi ko‘z qorachig‘idan miyaning ko‘rish markaziga yuboriladigan signallarni bloklovchi ko‘rish qobiliyatidagi nuqsonlarni aylanib o‘tishga qodir.

“Dizaynimiz 172 tagacha yorug‘lik dog‘lari (fosfen) kombinatsiyasidan iborat vizual gul shaklida bo‘lib, insonga bino ichi va ochiq havoda harakatlanishga, shuningdek, atrofdagi odamlarni tanishga imkon beradi”, — deydi avstraliyalik ixtirochilar.

Ixtirochilar jamoasi muvaffaqiyatga erishadigan bo‘lsa, ular yangi tijoriy korxona yaratish ustida ish boshlab, kelajakda shu kabi qurilmalarni seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi.

Avvalroq Gonkong fan va texnologiya universiteti olimlari inson ko‘rish a’zosidan deyarli farq qilmaydigan sun’iy ko‘z yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Kanadada sun’iy intellektga ega ko‘zoynak yaratildi. U o‘z egasining dangasalik qilishiga yo‘l qo‘ymaydi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют