» » Robert Levandovskining sobiq agenti futbolchiga tegishli kompaniyani sudga berdi

Robert Levandovskining sobiq agenti futbolchiga tegishli kompaniyani sudga berdi


“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskining sobiq agenti Sezar Kuxarski futbolchiga tegishli RL Management kompaniyasini sudga bergan.

Kuxarski sobiq mijoziga jiddiy ayblovlar qo‘ymoqda. Unga ko‘ra, Levandovski va uning turmush o‘rtog‘i Anna RL Management orqali bir necha million yevroni noqonuniy yo‘l bilan qabul qilib olgan.

Kuxarski futbolchidan 9 million yevro miqdorida kompensatsiya talab qilmoqda. Spiegel’ning xabar qilishicha, Levandovski ayblov unga qadar yetib kelmaganini aytgan.

Bu ish Polsha moliya organlarining e’tiboriga tushishi ehtimoldan xoli emas. Sababi taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, Levandovskining Polshadagi hisob raqamiga bir necha million yevro kelib tushgan. Mazkur pullar soliqqa tortilganiga kafolat yo‘q.

Levandovski sobiq agentining ayblovlarini inkor etmoqda. U da’vo arizasini asossiz deya hisoblamoqda va Kuxarskini shantajda ayblayapti. Levandovski matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, sobiq agent shunchaki “hamkorlikning to‘xtatilganiga chiday olmayapti”.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют