» » PFL 2021-yilgi mavsum uchun transfer oynalari muddatlarini ma’lum qildi

PFL 2021-yilgi mavsum uchun transfer oynalari muddatlarini ma’lum qildi


Professional futbol Ligasi (PFL) 2021-yilgi mavsum transferlar oynasi muddatlariga oydinlik kiritdi va bu borada FIFAga ma’lumot yubordi, deya ma’lum qilmoqda PFL matbuot xizmati.

Koronavirus pandemiyasi sabab mavsumning cho‘zilishi evaziga qishki transferlar oynasi odatga ko‘ra 17-dekabrda emas, balki, 4-yanvar kuni ochiladi. Mazkur transfer oynasi 12-martga qadar amalda bo‘ladi. 12-mart kuni 23:59 ga qadar shartnomalar ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Yozgi transferlar oynasi esa 5—13-iyul oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.

2021-yilgi mavsumga qachon start berilishi noma’lum bo‘lib qolmoqda. “Bunda tashkilot katta ehtimol bilan fevral oyida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan U-19 Osiyo chempionati musobaqasini inobatga oladi”, — deyiladi PFL bayonotida.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют