» » Toshkentda yilning birinchi choragida qariyb 3000 ta kichik biznes subyekti tashkil etildi

Toshkentda yilning birinchi choragida qariyb 3000 ta kichik biznes subyekti tashkil etildi


Poytaxtda 2017-yilning birinchi choragida 2944 ta yangi kichik biznes subyekti tashkil etilib, ularning soni 49 ming 582 taga yetdi. Bu haqda Toshkent shahar faollari yig‘ilishida ma’lum qilindi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi 60,8 foizni, sanoatdagi ulushi 67,4 foizni, xizmatdagi ulushi 61,6 foizni, aholi bandligidagi ulushi esa 56,1 foizni tashkil etdi.

Shu bilan bir qatorda, birinchi chorakda asosiy sanoat korxonalarining ishlab chiqarish sur’atlarini oshirishga yo‘naltirilgan choralarga qaramay, ishlab chiqarish hajmlarini pasaytirgan korxonalar soni 12 tani tashkil etdi.

Bu o‘rinda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Uzkabel” AJ, “BF Tekstil Prodakshn” MChJ, Mirobod tumanidagi “Uzelektroapparat-elektroshit” AJ, “Xuavey tek. Investment Tashkent” MChJ, Olmazor tumanidagi “Oniks” AJ, Uchtepa tumanidagi “Elektroizolit” MChJ, Shayxontohur tumanidagi “O‘zbekiston nashriyot matbaa ijodiy uyi” DUK, Yunusobod tumanidagi “O‘zbekenergota’mir” AJ, “Zenit elektroniks Tashkent radiotexnika zavodi” MChJ, “Raupxon” MChJ, Yashnobod tumanidagi “Uzkarlsberg” MChJ kabi korxonalar qayd etildi.

Mahalliylashtirish dasturiga shaharning 83 ta hududiy korxonasi 190 ta loyiha bilan jalb etildi. Hisobot davrida hududiy korxonalar tomonidan 221,2 milliard so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 07:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют