» » “Everton” Xames Rodrigesni tekinga qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi

“Everton” Xames Rodrigesni tekinga qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘ldi


Xames Rodrigesning “Everton”ga o‘tishidan “Banfild” (Rodrigesning sobiq klubi) hech qanday pul olmagan.

Argentina klubi e’lon qilgan bayonotda kolumbiyalik futbolchining transferi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng klub o‘z ulushini olish maqsadida so‘rov yuborgani, ularga esa salbiy javob berilgani aytilgan.

Afsuski, klubimiz Xames Rodrigesning “Real”dan “Everton”ga o‘tgani uchun klubimiz pul olmaydi. Transfer bepul amalga oshirilgan, u xuddi erkin agent kabi o‘tgan.

Ikki klub va vakolatli tashkilotlar bilan tegishli konsultatsiyalar allaqachon o‘tkazilgan. Barcha holatlarda ular bizning hech qanaqasiga to‘lov mexanizmi orqali pul ololmasligimizni tasdiqladi.

“Banfild” klubi bayonoti

Qayd etish o‘rinli, avvalroq “Everton” Xames uchun “Real”ga 25 million yevro to‘laganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, kolumbiyalik futbolchi “Banfild” klubi safida 2008—2010-yillarda to‘p surgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют