» » Sayohatchilar aysbergni zabt etmoqchi edi, biroq muzqoya bunga qarshi chiqib, ularni uloqtirib yubordi (video)

Sayohatchilar aysbergni zabt etmoqchi edi, biroq muzqoya bunga qarshi chiqib, ularni uloqtirib yubordi (video)


Shveysariyalik sayyoh Mayk Xorn Shpisbergenga qilgan ekspeditsiyasining videosini o‘zining Instagram sahifasiga joylashtirdi. Tasvirga ko‘ra, u sherigi bilan tog‘ga chiqishga mo‘ljallangan uskunalar yordamida muzqoya tepaligini zabt etishga qaror qilgan.

Sayohat davomida ekstremal alpinistlar muzqoya yuqorisiga asta-sekin ko‘tarilgan, ammo nimadir yuz berib, muzqoya aylana boshlagan. Natijada ikkala sayohatchi ham muzli suvga tushib ketgan.

“Afsuski, balandlikka chiqishdan avval nonushta qilmaslik kerak edi”, ? deya hazillashgan Xorn joylashtirilgan videoning izohida, shuningdek, ular bunday sayohatni takrorlab ko‘rmaslikni ta’kidlagan.

Bundan tashqari, Xorn o‘z sayohati aks etgan videoni YouTube kanaliga ham joylashtirdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 11:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют