» » Toshkentda mart oyida 728 maktab o‘quvchisi surunkali sababsiz dars qoldirgani aniqlandi

Toshkentda mart oyida 728 maktab o‘quvchisi surunkali sababsiz dars qoldirgani aniqlandi


27-aprel kuni Toshkent shahar faollarining yig‘ilishida yilning birinchi choragida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish doirasida amalga oshirilgan tadbirlar va aniqlangan kamchiliklar muhokama qilindi, deb xabar berdi Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati.

Xususan, yig‘ilishda ta’lim muassasalarida davomat hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish muhim masalalardan biri ekanligi ta’kidlandi.

Majlisda ishchi guruh tomonidan mart oyida 102 ta ta’lim muassasalari o‘rganilganda, 728 nafar maktab, 652 nafar kollej va litsey o‘quvchisi surunkali sababsiz dars qoldirganligi aniqlangani ma’lum qilindi. Bu kabi salbiy oqibatlar oldini olish maqsadida joriy yilning 10-mart kuni davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan Qo‘shma qaror qabul qilingani qayd etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют