» » Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining 15 nafar a’zosi qo‘lga olindi

Samarqandda “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkilotining 15 nafar a’zosi qo‘lga olindi


Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi va DXX Samarqand viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkilotining Toyloq, Samarqand, Urgut tumanlari va Samarqand shahrida yashovchi 15 nafar a’zosining faoliyatiga chek qo‘yilgan.

Qo‘lga olingan shaxslarning yashash manzillaridan ekstremistik mazmundagi materiallar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy sudining 2016-yil 26-sentabrdagi qaroriga asosan “Hizb ut-Tahrir” diniy-ekstremistik tashkiloti faoliyati O‘zbekiston hududida ta’qiqlangan tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Avvalroq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, Andijon shahrida “Jihodchilar” guruhi a’zolari qo‘lga olingani, Farg‘onada esa “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti faoliyatiga chek qo‘yilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют