» » Chiroqchi va Andijondagi voqealar Bosh prokuraturadagi yig‘ilishda ham tilga olindi

Chiroqchi va Andijondagi voqealar Bosh prokuraturadagi yig‘ilishda ham tilga olindi


19-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida “Respublikada jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish samaradorligini oshirish”ga bag‘ishlangan tezkor yig‘ilish tashkil etildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unda Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Abduhalim Xolmahmatov ma’ruza qilib, hozirgi kunning dolzarb va og‘riqli, O‘zbekiston Prezidenti va jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘layotgan muammolar – huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan fuqarolarga tazyiq o‘tkazish, urish, do‘pposlash, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi harakatlar sodir etilishiga chek qo‘yilmayotganligiga alohida to‘xtaldi.

Mavzuga doir: Prokuror “Chiroqchi voqeasi” aybdorlarini 10 yilga ozodlikdan mahrum qilishni, garov evaziga ochiqda qolgan uch nafar ayblanuvchini ham sud zalidan qamoqqa olishni so‘radi

Chiroqchi tumani va Andijon shahrida ichki ishlar xodimlari tomonidan fuqarolar kaltaklanib, qiynoqqa solinishi oqibatida vafot etganligi ichki ishlar organlari, qolaversa butun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning nomiga ketmas dog‘ tushishiga sababchi bo‘layotganligi ta’kidlandi. Jinoyatlarni ro‘yxatga olish, ularni fosh etish va tezkor qidiruv tadbirlarining o‘z vaqtida to‘laqonli olib borilishi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu borada prokuror nazoratiga tanqidiy munosabat bildirildi. Yig‘ilishda yoshlar va ayollar jinoyatchiligi haqida so‘z yuritilib, mahalla va oilalarda o‘zaro totuvlikni ta’minlash, nizo va ziddiyatlarni bartaraf etilishi samarasizligi huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga omil bo‘lib xizmat qilayotganligi ta’kidlandi.

Onlayn tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishda ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Sobirov, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Gulnora Ma’rufova, tegishli boshqarmalar boshliqlari, viloyatlar va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning soha bo‘yicha o‘rinbosarlari, tuman (shahar) prokurorlari va ichki ishlar bo‘limlari boshliqlari, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmalari boshliqlari ishtirok etgan. Faoliyatda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hududiy rahbar hamda mas’ul xodimlarning izoh va tushuntirishlari eshitilgan.

Ta’kidlash lozim, Prezident Shavkat Mirziyoyev Chiroqchi va Andijonda IIB xodimlarining fuqarolarni kaltaklashi bilan bog‘liq voqealar uchun soha rahbarlarini tanqid qilgandi. Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz Andijonda fuqaroning IIB tomonidan qiynoqqa solinganini qat’iy qoralagandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Narimon Umarov bir fuqaroni qiynoqqa solib, uning o‘limiga sabab bo‘lgan Andijon shahar IIB xodimlari harakatiga munosabat bildirib, Andijon shahar IIB xodimlarining noo‘rin munosabati asnosida kasb sha’ni oyoqosti qilingani, bir inson eng oliy huquqi bo‘lgan yashash ne’matidan mosuvo bo‘lgani, shu bilan birga, mamlakat rahbariyati va aholi tomonidan davlatning xalqaro imijini yaxshilash uchun qilinayotgan ko‘p sonli harakatlarga putur yetganini ta’kidlagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 16:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют