» » Samsung kompaniyasi Galaxy S20 yordamida 8K film suratga oladigan bo‘ldi

Samsung kompaniyasi Galaxy S20 yordamida 8K film suratga oladigan bo‘ldi


Samsung Electronics kompaniyasi Galaxy seriyasidagi smartfonlardan foydalangan holda 8K formatdagi badiiy film yaratish ustida ish boshlaganini e’lon qildi, deb xabar beradi “4PDA.ru”.

Kompaniya yangi lentaga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishgan, shuningdek, tayyor bo‘lgan filmni namoyish etish uchun shunga mos bir nechta kinoteatr ochilishini ma’lum qilgan.

Samsung hozirda Untact nomini olgan romantik film rejissori va aktyorlari bilan muzokaralar o‘tkazib bo‘lgan va jurnalistlarga suratga olish jarayoni to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Brend vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ayrim sahnalardan tashqari butun film Galaxy S20 va Galaxy Note20 smartfonlari kamerasi yordamida suratga olinadi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, loyihaning maqsadi — 8K kontentni va iste’molchilar uchun shu kabi ekotizimni targ‘ibot qilishdan iborat. Shu sababli keyingi oyda Samsung yangi filmi namoyishi uchun Seulda QLED panellariga ega ikkita minikinoteatr ochadi. Joylar cheklangani sabab chiptalar oldindan buyurtma qilinadi. Shuningdek, tomoshabinlar kartinani onlayn, xususan, YouTube orqali ham tomosha qilishlari mumkin.

Avvalroq Janubiy Koreyada robotlar va avtomatik kassalar xizmat ko‘rsatuvchi kinoteatrlar ish boshlagani to‘g‘risida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 17:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 62) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют