» » Namanganda sevgan qiziga pichoq urgan yigit ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi

Namanganda sevgan qiziga pichoq urgan yigit ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi


Namanganda sevgan qiziga pichoq urgan va o‘zi ham yaralanib, shifoxonaga yotqizilgan yigit ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar bermoqda.

Hodisa 2020-yil 15-sentabr kuni Kosonsoy tumani, “Takarang” mahallasi hududida joylashgan “Namuna shirin” fermer xo‘jaligi dala maydonida ro‘y bergan. Besh yil davomida bir-biriga ko‘ngil qo‘yib kelgan 20 yoshli qiz va 21 yashar yigit qizning uyidagilari turmush qurishlariga rozi bo‘lmagani va boshqa yigitga unashtirib qo‘yganligi sababli jonlariga qasd qilishga qaror qiladi.

Dastlab qiz yigitning, so‘ng yigit qizning qorin qismiga bir marotaba pichoq urib, tan jarohati yetkazadi. Shu kuni soat 11:40 atrofida Ichki ishlar navbatchilik qismiga qiz og‘ir tan jarohati bilan tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelinganligi haqida xabar kelib tushadi.

Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ko‘p qon yo‘qotganligi va ichki a’zolari jiddiy shikastlangani sabab qiz shifoxonada olamdan o‘tadi. Yigitning jarohatlari esa unchalik jiddiy bo‘lib chiqmaydi va shifoxonaga yotqiziladi.

Kosonsoy tumani prokuraturasi tergovchisi Azizbek Mirzakarimovning ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi, 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Yigit ushbu ishga ayblanuvchi sifatida jalb etilib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida boshqaga unashtirilgan qizni rashk qilib, unga 5 marotaba pichoq urgan 19 yashar yigit 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 20:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют