» » Zaharlangan Navalniy tiklanish jarayoni qanday ketayotganini aytib berdi

Zaharlangan Navalniy tiklanish jarayoni qanday ketayotganini aytib berdi


Aleksey Navalniy Instagram sahifasida “Novichok” moddasi bilan zaharlanganidan so‘ng tiklanish jarayoni qanday ketayotganini aytib berdi, deya xabar bermoqda Meduza nashri.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, hozir u mustaqil ravishda suv quyolmayapti yoki telefonini qo‘liga ololmayapti, ammo yaqin vaqtgacha u gapira olmagan va hech kimni tanimagan.

“Har kuni ertalab menga bir shifokor kelib, Aleksey, men doskani olib keldim, keling, unga qanday so‘z yozish kerakligini o‘ylaymiz, derdi. Bu meni umidsizlikka tushirardi, chunki shifokor nimani xohlashini tushungan bo‘lsam-da, so‘zlarni qayerdan olishni bilmasdim”, – deydi Navalniy.

Muxolifatchi zinapoyadan ko‘tarilayotganda oyoqlari qaltiraganini, ammo endi uning oldida zinapoya borligini tushunayotganini yozgan. Avval esa u “shunchaki u yerda turib, beparvolarcha qarab turgan”ini aytgan.

Navalniyning qo‘shimcha qilishicha, u davolanayotgan Berlin shahridagi “Sharite” klinikasi shifokorlari uni “texnik jihatdan tirik odamdan” yana Instagram’ni sayr qiladigan va qayerga layk qo‘yishni darhol tushunadigan zamonaviy jamiyatning a’zosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lgan insonga aylantirdi.

View this post on Instagram

Даваи?те расскажу, как иде?т мое восстановление. Это уже ясная дорога, хоть и неблизкая. Все текущие проблемы вроде того, что телефон в моих руках бесполезен, как камень, а налить себе водички превращается в целыи? аттракцион, - сущая ерунда. Объясню. Совсем недавно я не узнавал людеи? и не понимал, как разговаривать. Каждое утро ко мне приходил доктор и говорил: Алексеи?, я прине?с доску, даваи?те придумаем, какое на неи? написать слово. Это приводило меня в отчаяние, потому что хоть я уже и понимал в целом, что хочет доктор, но не понимал, где брать слова. В каком месте головы они возникают? Где наи?ти слово и как сделать так, чтобы оно что-то означало? Все это было решительно непонятно. Впрочем, как выразить свое? отчаяние, я тоже не знал и поэтому просто молчал. И это я еще описываю позднии? этап, которыи? сам помню. Сеи?час я парень, у которого дрожат ноги, когда он иде?т по лестнице, но зато он думает: «о, это ж лестница! По неи? поднимаются. Пожалуи?, надо поискать лифт». А раньше бы просто тупо стоял и смотрел. Так что много проблем еще? предстоит решить, но потрясающие врачи университетскои? Берлинскои? клиники «Шарите» решили главную. Они превратили меня из «технически живого человека» в того, кто имеет все шансы снова стать Высшеи? Формои? Существа Современного Общества, - человеком, которыи? умеет быстро листать инстаграм и без размышлении? понимает, где ставить лаи?ки.

A post shared by Алексеи? Навальныи? (@navalny) on

Eslatib o‘tamiz, 2-sentabr kuni Germaniya hukumati Navalniy Rossiyada “Novichok”ga o‘xshash modda bilan zaharlanganini ma’lum qilgan. Germaniya kansleri Angela Merkel Rossiya hukumati Navalniy zaharlanishi bilan bog‘liq jiddiy savollarga javob berishi kerakligini aytdi. Muxolif siyosatchiga qilingan suiqasd Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiyani ham g‘azablantirdi. London Navalniyga nisbatan kimyoviy qurol qo‘llanilishini “ablahona ish” deb atadi. Vashington aybdorlarga nisbatan moliyaviy cheklovlar qo‘llashga va’da berdi.

Navalniy 15-sentabr kuni Navalniy zaharlanganidan so‘ng ilk bor Instagram’da post qoldirdi. Unga ilova qilingan suratda Navalniy kasalxona koykasida o‘tirgani, yonida rafiqasi Yuliya, qizi Darya va o‘g‘li Zaxar aks etgan.

14-sentabr kuni Navalniy davolanayotgan Berlindagi “Sharite” klinikasi rossiyalik siyosatchining ahvoli yaxshilangani, u sun’iy nafas oldirish apparatidan to‘liq uzilganini ma’lum qilgandi. Shifokorlar uning harakatchanligi oshayotgani va qisqa vaqtga yotgan o‘rnidan turishi mumkinligini bildirgan. Bundan tashqari, Navalniy tibbiyot xodimlariga o‘z holati haqidagi ma’lumotlarni ommaga yetkazishga shaxsan o‘zi ruxsat bergan ilk holat bo‘ldi (ungacha bunday ma’lumotlar rafiqasi Yuliya ruxsati bilan e’lon qilinayotgandi).

The New York Times gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, Navalniy Germaniya prokuraturasi vakillari bilan muloqot qilgan. Nashr GFR xavfsizlik xizmatlaridagi manbasiga asoslanib, ushbu suhbat mazmunini keltirgan. “U o‘z holatini, u bilan nima ro‘y bergani va hozir qayerdaligini to‘liq anglamoqda. U Germaniyada qolmoqchi emas, o‘z missiyasini davom ettirish uchun Rossiyaga qaytmoqchi”, degan The New York Times suhbatdoshi.

Germaniyaning Der Spiegel nashri o‘z manbalariga asoslanib yozishicha, Germaniya xavfsizlik xizmati xodimlari fikriga ko‘ra, Navalniyning zaharlanishi ortida Rossiya maxsus xizmatlari turgan bo‘lishi mumkin. Kremldagilar Rossiyaga qarshi ayblovlarni asossiz deb atagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют