» » Kanadada avtopilotda harakatlanayotgan Tesla politsiyadan qochishga urindi. Bu vaqtda haydovchi uxlayotgan bo‘lgan

Kanadada avtopilotda harakatlanayotgan Tesla politsiyadan qochishga urindi. Bu vaqtda haydovchi uxlayotgan bo‘lgan


Kanadada Tesla Model S haydovchisi harakat vaqtida xavfli holatni yuzaga keltirishda ayblandi. 20 yoshli erkak rulda uxlab qolgan, mashinani esa avtopilot boshqargan. Bu haqda Alberta provinsiyasi politsiyasi xabar berdi. Ko‘ngilsiz hodisa iyul oyida sodir bo‘lganiga qaramay, bu haqda endigina ma’lum qilindi.

Yo‘l politsiyasi xodimi soatiga 140 kilometr tezlikda harakatlanayotgan avtomobilga e’tibor qaratgan. Politsiya mashinaga yetib olishga uringanida u tezlikni avtomatik ravishda soatiga 150 kilometrga oshirgan. Politsiyachining ta’kidlashicha, mashinaning ikkala old o‘rindig‘i ham ortga surilgan, uning ichida bo‘lgan odamlar uxlayotgandek ko‘ringan.

Haydovchi bir sutkaga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan. Tergovdan so‘ng unga dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan sudga chaqiruv qog‘ozi topshirilgan. Alberta politsiyasi boshlig‘i Geri Gremning so‘zlariga ko‘ra, avtopilot faqatgina qo‘shimcha xavfsizlik tizimi bo‘lib, haydovchi oldingidek mashina boshqaruvi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi.

Avvalroq Shimoliy Karolina shtatida avtopilotda harakatlanayotgan Tesla Model S ikkita politsiya avtomobili bilan to‘qnashuv sodir etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Xitoyda Tesla avtopiloti soatiga 127 kilometr tezlikda harakatlanib YTHga uchradi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-09-2020, 21:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют