» » Buxoro viloyatidagi 40 dan ziyod savdo punktida to‘lov terminali o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi

Buxoro viloyatidagi 40 dan ziyod savdo punktida to‘lov terminali o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi


Davlat soliq qo‘mitasi Bozorlar va savdo komplekslari faoliyatini nazorat qilish bosh boshqarmasining Buxoro viloyat bo‘limi xodimlari viloyat markazidagi bozorlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarida qisqa muddatli nazorat tadbirlarini tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining axborot xizmati xabar bermoqda.

Murojaatlar asosida “Karvon” savdo kompleksi, “Markaziy” va “To‘qimachi” dehqon bozorlari hamda “Sitora” avtomobil bozorlarida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda nazorat kassa mashinasidan xarid cheki bermaslik, 40 dan ortiq holatda to‘lov terminali o‘rnatmaslik, 100 ga yaqin holatda naqd pul tushumlarini yashirish orqali ularni bankka topshirmaslik holatlari aniqlandi.

Shuningdek, to‘lovlarni terminal orqali qabul qilishda qo‘shimcha ustama qo‘yish va to‘lovni plastik karta orqali qabul qilishdan bosh tortish singari qonunchilik talablari ham qo‘pol tarzda buzilgani kuzatildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют