» » Ar-Riyod Merkelni “saudiyalik ayollar uchun namuna” deb atadi

Ar-Riyod Merkelni “saudiyalik ayollar uchun namuna” deb atadi


Saudiya Arabistoni iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Muhammad al Tuvayriy Germaniya kansleri Angela Merkel “barcha saudiyalik ayollar uchun o‘rnak” hisoblanishini aytdi va uni “o‘ziga xos yulduz” deb atadi. Bu haqda u Der Spiegel jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb yozadi “Korrespondent.net”. Vazir o‘rinbosarining fikricha, Merkel o‘z karyerasi va o‘z qadriyatlari bilan rahbar lavozimlarda ishlovchi ayollarni va kelajakda bunday amalga erishish istagidagi qizlarni ilhomlantiradi.

Oliy amaldor hukumatning Saudiya jamiyatida ayollar o‘rnini o‘zgartirish rejalari haqida gapirib berdi. U ayollarning ishchi kuchisiz mamlakat bundan buyog‘iga o‘zini eplay olmasligini aytdi.

Al Tuvayriy, shuningdek, Saudiya Arabistoni Germaniyani birinchi navbatda yettita iqtisodiy sheriklaridan biri deb hisoblashini, shu tufayli munosabatlarni nemis jamiyatida bahslarni keltirib chiqaruvchi harbiy bitimlar bilan murakkablashtirmoqchi emasligini ma’lum qildi.

Angela Merkel 30-aprel kuni Saudiya hukumati bilan muzokaralar olib borish uchun Jiddaga keldi. Delegatsiyalar terrorizmga qarshi kurash, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va inson huquqlari, shu jumladan, ayollar huquqlari muammosini muhokama qilishi kutilmoqda.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 46) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют