» » “Barselona” prezidenti: “Messining hamon biz bilan birga ekanligi uchun o‘zimni tabriklashim mumkin”

“Barselona” prezidenti: “Messining hamon biz bilan birga ekanligi uchun o‘zimni tabriklashim mumkin”


“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu yozgi transferlar vaqtida Lionel Messi bilan yuzaga kelgan voqeliklarga izoh berdi.

“Men u bilan nizoga borishni istamayman. U bizning sardor va yetakchimiz. Uning maydonda qanday harakat qilishini ko‘rdik. Leoning ketishiga yo‘l qo‘ya olmasdim. Boisi u tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Jamoa esa muhtoj. Tarkibda Messining borligi — muvaffaqiyat kaliti. So‘zimda turmaganim? Sardorimiz bilan qandaydir bahs qilishni xohlamayman. Bunday narsalar uyda muhokama qilinishi kerak. Messining hamon biz bilan birga ekanligi uchun o‘zimni tabriklashim mumkin. Dunyoning eng yaxshi futbolchi o‘z uyida bo‘lishi kerak”, — deydi Bartomeu.

Eslatib o‘tamiz, Messi yozgi transferlar vaqtida “Barselona” bilan shartnomani o‘zaro kelishuv asosida bekor qilishni xohladi. Ammo Bartomeu Messi klubni tark etishi uchun 700 million yevro to‘lanishi kerakligini qayd etib, shartnoma bekor qilinishiga ruxsat bermadi. Leo esa klub bilan sudlashish niyati yo‘qligini e’lon qilib, Kataloniyada qolishini aytdi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют