» » “Sizlar qachon ishlashni boshlaysiz?!” Malala Yusufzay BMT a’zolariga bajarilmagan va’dalarini eslatdi

“Sizlar qachon ishlashni boshlaysiz?!” Malala Yusufzay BMT a’zolariga bajarilmagan va’dalarini eslatdi


Pokistonlik inson huquqlari faoli Malala Yusufzay 18-sentabr kuni Barqaror rivojlanish maqsadlari qabul qilinganligining besh yilligiga bag‘ishlangan tadbirda BMTga a’zo davlatlarga murojaat qildi. Faolning ta’kidlashicha, u universitetni endigina tugatgan va dunyo rahbarlariga besh yil oldin barchaga ta’lim berish haqidagi va’dalarini eslatgan, deya xabar beradi BMTning Yangiliklar markazi.

“BMTga a’zo davlatlar Barqaror rivojlanish maqsadlarini qabul qilganlaridan beri besh yil o‘tdi. Ushbu maqsadlar millionlab odamlarning, maktabga borishni istagan qizlarning, tenglikni qo‘llab-quvvatlaydigan ayollarning, toza havo va xavfsiz sayyora uchun kurashadigan yoshlarning kelajagini belgilaydi. Siz esa o‘z va’dalaringizni bajarmadingiz. Men shuni bilmoqchiman, sizlar qachon ishlashni boshlaysiz?”, – dedi BMTning Tinchlik elchisi va Nobel mukofoti sovrindori Malala.

Mavzuga doir: Nobelning eng yosh sohiblari haqida

Barqaror rivojlanish maqsadlari insoniyatning 17 umumbashariy maqsadi bo‘lib, unga erishish dunyoni yanada yaxshi holatga keltiradi. Xalqaro shartnomada qashshoqlik va ochlikni yo‘q qilish, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan umumiy foydalanish imkoniyatini ta’minlash, qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish va gender tengligiga erishish singari bandlar bor.

BMT Bosh assambleyasida mamlakatlar 2030-yilgacha mo‘ljallanganBarqaror rivojlanish maqsadlarini 2015-yilda qabul qilgan. Belgilangan muddatning uchdan bir qismi allaqachon o‘tgan. 2020-yil, BMT ta’kidlaganidek, xalqaro hamjamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish uchun o‘n yillik hal qiluvchi harakatni ochadi.

Malala Yusufzayning ta’kidlashicha, koronavirus pandemiyasi ko‘plab rivojlanish maqsadlariga erishish uchun katta to‘siq bo‘lib qoldi.

“Agar biz faqat ta’lim haqida gapiradigan bo‘lsak, bu inqiroz tugaganidan keyin 20 million qiz o‘z partalariga qaytmasligi mumkin. Jahon ta’limi uchun ajratiladigan mablag‘ yetishmovchiligi yiliga allaqachon 200 milliard dollarni tashkil etadi”, – deydi huquq himoyachisi.

“Pandemiya to‘siq, lekin bahona emas”, – dedi Malala Yusufzay va dunyo rahbarlarini va’dalarini bajarishga hamda “yangi davr” – adolat davrini boshlashga chaqirdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan BMT Bosh kotibi Antonio Guterresh “millionlab muhtojlar globallashuv va iqtisodiy o‘sishdan hech qanday foyda ko‘rmaganlar”ini ta’kidladi.

Mavzuga doir: BMT: “Koronavirus tufayli dunyoda yana 176 mln kishi qashshoqlashishi mumkin”

“Pandemiya tanazzulga olib keldi. Aholining eng zaif qatlami uchun pandemiya oqibatlari juda og‘ir bo‘ldi.

Kelgusi bir necha oy va yillar davomida qabul qiladigan qarorlarimiz 2030-yilga kelib bizning dunyomiz qanday bo‘lishiga katta ta’sir qiladi”, – deydi bosh kotib.

Uning ta’kidlashicha, Barqaror rivojlanish maqsadlari pandemiya va natijada yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy inqirozdan qutulish bo‘yicha tayyor harakatlar rejasi. Shu bilan birga, u siyosiy irodaning yetishmasligidan afsuslandi, shuning uchun dunyo rahbarlari qat’iy choralar ko‘rmaydi.

“Kelinglar, kelgusi o‘n yillikni harakatlar, qat’iyatlilik, o‘zgarishlar, umid va tinchlik o‘n yilligi qilaylik”, – deya xulosa qildi BMT rahbari.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют