» » Gulistonda olti oy oldin mol bozorda yurgan fuqaroning 15 mln so‘mini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Gulistonda olti oy oldin mol bozorda yurgan fuqaroning 15 mln so‘mini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi


Sirdaryo viloyati Guliston tumanida mol bozordan chora mollarini sotib olish uchun aylanib yurgan fuqaroning pullarini o‘g‘irlab qochgan kissavur oradan olti oy o‘tgach qo‘lga olindi, deb xabar beradi Tergov departamenti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12-mart kuni “Ko‘nchi” mol bozorida 55 yoshli A.U.ga tegishli sariq rangli matodan tikilgan sumkaning ostki qismini kesilib, uning ichida bo‘lgan jami 15 million so‘m pullar kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlab ketilgan.

Mazkur holat yuzasidan Guliston shahar IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘g‘irlik, ya’ni jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik) ) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Dastlabki tergov jarayonida mazkur jinoyatni muqaddam sodir etgan jinoyati uchun Samarqand viloyati Oqdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan 41 yoshli L.X. sodir etganligi aniqlangan.

Guliston tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha L.X. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют