» » Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi

Bosh vazir o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi


O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev vafot etdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

“Bugun davlat va siyosat arbobi, O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida vafot etdi”, — deyiladi O‘zAning 20-sentabrdagi axborotida.

Iyulda O‘ktam Barnoyevda koronavirusga chalingani, u Toshkentdagi Akfa Medline xususiy klinikasida davolanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

UZ24’ning hukumatga yaqin manbalarga tayanib xabar berishicha, Barnoyevda koronavirusdan so‘ng insult kuzatilgan, shundan keyin u davolanish va bosh miyasida jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Germaniyaga olib ketilgan va o‘sha yerda vafot etgan.

UzNews nashri ham O‘ktam Barnoyev o‘limi arafasida Germaniyada davolanishda bo‘lgani haqida yozmoqda.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют