» » Amerikalik ayol deyarli bir yildan buyon boshida o‘q bilan yashamoqda

Amerikalik ayol deyarli bir yildan buyon boshida o‘q bilan yashamoqda


Amerikaning Texas shtatida yashovchi ayol boshidan o‘q bilan yaralangan  va 10 oy davomida o‘q bilan yashamoqda. O‘qni olib tashlash ayol hayotiga xavf tug‘dirishi mumkin, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Gresh Ernandez hozir 34 yoshda, u uch bolaning onasi. 10 oy muqaddam uyiga qaytayotgan Gresh avval o‘q ovozini eshitgan, so‘ng ko‘z oldi qorong‘ulashganini biladi. Ayol bundan boshqa hech narsani eslay olmaydi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘q ayolning boshiga tekkan.

Shifokorlar ayolni ikki marotaba operatsiya qildi, o‘q miya sohasiga yaqin joyda bo‘lganligi uchun uni olib tashlash xavfli hisoblanadi.

Ernandez nogironlar aravachasida harakatlanadi. Uning kollejda o‘qiydigan qizi onasining yonida hech kim yo‘qligi tufayli o‘qishga borolmaydi. Ayolning qarindoshlari GoFoundMe veb-saytida tibbiy to‘lovlarga mablag‘ yig‘ish uchun sahifa yaratdi. Ammo hanuzgacha Ernandezni otgan shaxs noma’lumligicha qolmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 15:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют