» » Andijonda to‘rtta hokim pnevmoniyadan davolanmoqda

Andijonda to‘rtta hokim pnevmoniyadan davolanmoqda


Andijon viloyatida kamida to‘rtta hudud hokimi pnevmoniyadan davolanayotgani bois ishga chiqmayapti, deya xabar bermoqda “Kun.uz”.

Avvalroq Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorov va Xonobod shahri hokimi Musaxon Mamadaliyev “15 kundan buyon ishga chiqmayotgani”, ularning har ikkisi pnevmoniyadan davolanayotgani haqida xabar berilgan edi.

“Kun.uz”ning qo‘shimcha qilishicha, Shahrixon tumani hokimi Hikmatillo Dadaxonov va Oltinko‘l tumani hokimi Nazirjon O‘rinboyev ham “ayni paytda pnevmoniyadan davolanmoqda”.

“Mutasaddilarning bildirishicha, Hikmatillo Dadaxonov viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida pnevmoniyadan davolanmoqda. Tegishli muolajalarni olib bo‘lgani sababli tez orada ish faoliyatiga qaytishi kutilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq berilgan xabarda Xonobod hokimida koronavirus aniqlanmagani, Paxtaobod hokimining esa sog‘lig‘i tiklanib bo‘lgani ta’kidlangan edi.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-iyul kuni hududlarda koronavirus bilan bog‘liq murakkab vaziyatni tartibga solish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda “Buxoro, Farg‘ona, Samarqand, Namangan, Toshkent, Xorazm viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda pnevmoniya holatlari ancha ko‘paygani”ni ta’kidlab o‘tgan edi.

4-avgust kuni o‘tkazilgan navbatdagi videoselektorda esa “koronavirusga qo‘shimcha tarzda, asorati og‘irroq bo‘lgan pnevmoniya holatlari ham ko‘payayotgani”, bu “eng yomoni” ekani ta’kidlangan, Sog‘liqni saqlash vazirligi, hokimlar va sektorlar rahbarlariga “koronavirus va pnevmoniyani davolash bo‘yicha har tomonlama tayyor bo‘lish” haqida topshiriq berilgan edi.

12-avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektorda esa davlat rahbari mutasaddilarga “koronavirusli pnevmoniyadan tuzalgan aholini reabilitatsiya qilish markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq bergani” ma’lum bo‘lgan edi. Qayd etish joiz, qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘iziston iyul—avgust oylaridan boshlab koronavirus va pnevmoniya holatlarini umumiy hisoblashga o‘tgan, ommaviy tarqalgan shubhali pnevmoniya holatlari koronavirus bilan bog‘liq ekani tan olingan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda avvalroq Mirishkor tumani hokimi G‘ayrat Begaliyev, Buxoro viloyati hokimi Karim Kamolov, Qoraqalpog‘iston rahbari Musa Yerniyazov, Qonliko‘l tumani hokimi Daulet Tolibayev koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan, Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov, Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov, Nurobod tumani hokimi Faxriddin Zoirov koronavirusdan sog‘aygan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 18:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют