» » O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi e’lon qilindi

O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi e’lon qilindi


Xitoyning Huishoubao nashri ommabop smartfonlarning yangi reytingini taqdim etdi. Unda qurilmalarning taqdim etilganidan bir yil o‘tib arzonlashuvi bo‘yicha ro‘yxat aks ettirilgan.

Bunda faxrli birinchi o‘rinni OnePlus 7T smartfoni zabt etdi: uning o‘z qiymatini saqlab qolish indeksi 68,96 ga teng ekan. Ikkinchi o‘rinni olgan Meizu 16s Pro flagmanida mazkur ko‘rsatkich 64,72 bo‘lsa, kuchli uchlikni 64,05 ko‘rsatkich bilan Huawei Mate 30 5G yakunlab bergan.

O‘z narxini saqlab qoluvchi smartfonlar TOP-o‘ntaligiga yana Black Shark 2 Pro, OnePlus 7, Nubia Red Magic 3S, Huawei Mate 30 Pro 5G hamda Asus ROG 2 modellari kirgan.

Apple smartfonlari orasidan kuchli uchlikka faqat iPhone 11 kirgan, u ham 60,85 ko‘rsatkich bilan to‘qqizinchi o‘rinnigina egallagan. iPhone 11 Pro esa 50,43 ko‘rsatkich bilan 19-pog‘onadan joy olgan.

Mavzuga doir: NFC’ga ega dunyodagi eng mustahkam smartfon iPhone 11 bilan o‘zaro taqqoslandi (video)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют