» » O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin koronavirusga chalindi, endi u “Rolan Garros”da qatnasha olmaydi

O‘zbekistonlik tennischi Denis Istomin koronavirusga chalindi, endi u “Rolan Garros”da qatnasha olmaydi


Tennis bo‘yicha “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi “Rolan Garros” musobaqasi kvafilifkatsiya bosqichda qatnashishi kutilgan ikki tenischida koronavirus aniqlandi. Ulardan biri o‘zbekistonlik Denis Istomin, deb yozmoqda jurnalist Denni Mishe.

Ikkinchi tennischi nomi oshkor etilmgan. Qayd etish joiz, Fransiya mezbonligidagi “Rolan Garros” saralash bosqichi 21-sentabr kuni boshlanadi. Asosiy to‘r bahslari esa 27-sentabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.

2019-yil ushbu musobaqaning erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ispaniyalik Rafael Nadal g‘alaba qozongandi. Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda esa avstraliyalik Eshli Barti g‘olib bo‘lgandi.

So‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, Fransiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 442 ming kishidan oshgan.

Ma’lumot uchun, Denis Istomin ATP reytingida ayni damda 167-o‘rinda bormoqda. Uning eng yaxshi natijasi esa 33-o‘rin bo‘lib, bu natijaga 2012-yilda erishgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют