» » Toshkentdagi “Yoshlik” arenasida tashkil etilgan 520 koykali Saralash markazi bemorlar bilan batamom to‘ldi

Toshkentdagi “Yoshlik” arenasida tashkil etilgan 520 koykali Saralash markazi bemorlar bilan batamom to‘ldi


Toshkent shahrida koronavirusga chalingan yoki virusni yuqtirib olganlikda gumon qilingan bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan Saralash va taqsimlash markazlarida bo‘sh o‘rinlar soni tobora kamayib bormoqda. Bu haqda, mutaxassislar bergan ma’lumotlarga asoslanib, 19-sentabr, shanba kuni “O‘zbekiston 24” telekanali xabar berdi.

Avgust oyi boshida Toshkentdagi “Paxtakor” stadioni yonida joylashgan “Yoshlik” sport arenasida 520 o‘rinli Saralash va taqsimlash markazi tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi. Markaz shifokorlaridan biri Shohrux O‘rolovning ta’kidlashicha, 19-sentabr holatiga ko‘ra markaz “kasallar bilan batamom to‘lib bo‘lgan, umuman joy qolmagan”.

“Shu kunlarda qabulimizni yopishga ham to‘g‘ri kelyapti — bir kun qabul qilyapmiz, bir kun yopyapmiz”, — deydi shifokor. Uning qo‘shimcha qilishicha, “Yoshlik”dagi markazga asosan isitmasi ko‘tarilgan, yo‘tal paydo bo‘lgan, bundan tashqari, turli xususiy klinikalarda MSKTda pnevmoniyasi aniqlangan bemorlar murojaat qilmoqda.

Markazga biriktirilgan tez yordam haydovchilaridan biri Baxtiyor Nishonboyevning so‘zlariga ko‘ra, bemorlar soni “oldingiga qaraganda ko‘p”aygan. “Kechga tomon ko‘proq bemorlar keladi. Ko‘proq yoshi kattalar kelyapti. To‘g‘ri, biz ularning xizmatidamiz, lekin odamlar o‘zini asragani yaxshi”, — deydi haydovchi (avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiylari Toshkent shahrida tez yordamga qo‘ng‘iroqlar soni sezilarli ko‘payganini ma’lum qilgan edi).

“O‘zbekiston 24” telekanali muxbirining alohida qayd etishicha, bemorlarnig bu markazga kelib qolishlari sababi bir xil: “Uyda, o‘zboshimchalik bilan davolanib, ahvollari og‘irlashib qolganidan so‘ng shifokorga murojaat qilgan”. Markazning boshqa bir shifokori Bahrom Allayorov ham muxbirning bu so‘zlarini bemorlardan biri misolida tasdiqlab, ahvolining og‘irlashganiga bemorning o‘zini aybdor qilib ko‘rsatgan.

“Bu kishi kasallik belgilari paydo bo‘lganidan keyin ham uy sharoitida davolanishga harakat qilgan. Oqibatda ahvoli og‘irlashgan, shu bois markazimizga murojaat qilib kelgan. Davo muolajalarini boshladik. Bu kasallik yoshu qarini tanlamaydi. Kimki karantin qoidalariga amal qilmay, sustkashlikka yo‘l qo‘ysa, kasallikni yuqtirib oladigan bo‘lsa, mana shunday og‘ir asoratlarga, og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — degan shifokor Allayorov.

Mavzuga doir: “O‘zbekiston 24” telekanali “O‘zekspomarkaz”dagi taqsimot markazini tark etishni istamayotgan bemorlarni xudbinlikda aybladi

Avvalroq, iyul oyi oxirida Toshkentda shahar hokimligi tomonidan “O‘zekspomarkaz”ning 3-pavilyonida 1000 o‘rinli, Mudofaa vazirligi tomonidan “O‘zekspomarkaz”ning 1—2-pavilyonlarida 814 o‘rinli, DXX tomonidan “Yoshlik” sport arenasida 520 o‘rinli, IIV tomonidan Yunusoboddagi Universal sport saroyi (Gimnastika majmuasi)da 750 o‘rinli Saralash va taqsimlash markazlari tashkil etilgani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Sergelidagi 2-bolalar va o‘smirlar sport maktabi bazasida 250 o‘rinli va Uchtepa tumanidagi “Atlas” savdo majmuasi negizida 1004 o‘rinli saralash markazlari tashkil etilayotgani haqida xabar berilgan edi. Shu kabi saralash va taqsimlash markazlari O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ko‘rgazma zallari va sport mamjualari hududida tashkil etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют