» » APL. “Liverpul” kamchilik qolgan “Chelsi”ni taslim etdi, Sadio Manedan dubl

APL. “Liverpul” kamchilik qolgan “Chelsi”ni taslim etdi, Sadio Manedan dubl


Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 2-turida “Chelsi” 20-sentabr, yakshanba kuni “Liverpul”ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillarida bir qator qulay imkoniyatlar yuzga keldi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida maydon egalari himoyachisi Andreas Kristensen darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan Sadio Maneni to‘xtatib qoldi. Natijada hakam videotakrorlardan keyin Kristensenga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ikkinchi bo‘limni “qizillar” katta ustunlik bilan o‘tkazdi. 50-daqiqada Sadio Mane jamoasining ajoyib kombinatsiyasini gol bilan yakunladi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Kepa Arrisabalaganing xatosidan keyin Mane dublini nishonladi.

75-daqiqada “Chelsi” hisobni qisqartirishi mumkin edi. Biroq Jorjinyoning penaltidan yo‘llagan zarbasini mehmonlar posboni Alisson qaytarishga erishdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alabaga erishdi.

APL

2-tur bahsi

20-sentabr, yakshanba

Gollar: 0:1 – 50 Mane, 0:2 – 54 Mane.

“Chelsi”: Arrisabalaga, Alonso, Jeyms, Zuma, Kristensen, Kante, Kovachich (Abraham, 79), Maunt, Jorjinyo (Barkli, 79), Haverts (Tomori, 46), Verner.

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabinyo, Keyta (Milner, 64), Henderson (Tiago Alkantara, 46), Mane, Veynaldum, Saloh, Firmino (Minamino, 86).

Chetlatish: Kristensen (45).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-09-2020, 22:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют