» » Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar 1 mln dollar ishlab oldi

Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natmoqchi bo‘lgan firibgar 1 mln dollar ishlab oldi


1979-yil Farg‘ona tumanida tug‘ilgan Hayotbek Begaliyev 1999—2008-yillar davomida Janubiy Koreyada ishlab kelib, Sharqshunoslik institutiga o‘qishga kiradi. Dastlab moddiy manfaatdorlik evaziga Janubiy Koreyaga ketuvchilarga test sinovlariga yordam beradi. Keyinchalik odamlarni Janubiy Koreyaga ishlashga jo‘natish, testlarda yordam berish va u yerda ish bilan ta’minlash va’dasini berib ulardan jami million dollar pul oladi.

“1news.uz” yozishicha, No‘monjon Arziqulov va Oybek Jamolovlar 100 ga yaqin odamdan 500—4500  dollargacha bo‘lgan miqdorda pora olib, Toshkentdagi  Hayotbek Begaliyevga yetkazib turadi. Jamolov Hayotbek Begaliyevga 138 ming AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m miqdorda pulni yetkazib beradi. Aldangan fuqarolar arz qila boshlaydi.

Oybek Jamolov 7 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi. Hayotbek Begaliyevga belgilangan  tartibda jarima tayinlandi va fuqarolarning pullari undirib berildi.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют