» » Pensiya jamg‘armasining 34 yoshli xodimi “jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng” vafot etdi

Pensiya jamg‘armasining 34 yoshli xodimi “jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng” vafot etdi


O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i Mirodil Qosimov vafot etdi, deb xabar bermoqda jamg‘arma matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Qosimov jiddiy kasallikka qarshi og‘ir kurashdan so‘ng, 2020-yil 19-sentabr kuni vafot etgan. U aynan qaysi kasallik asoratlari oqibatida vafot etganiga aniqlik kiritilmagan.

Mirodil Qosimov 10 yildan ortiq vaqt mobaynida, jumladan, 2010—2015-yillar davomida Pensiya jamg‘armasining Toshkent viloyat boshqarmasida Mablag‘larni boshqarish va to‘lov monitoringi bo‘limida mutaxassis, keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2015—2020 yillarda Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi apparatining Mablag‘larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, so‘nggi vaqtlarda turli davlat organlari matbuot xizmatlari tomonidan xodimlarning vafoti haqidagi ta’ziyanomalar ko‘plab e’lon qilinmoqda. Ularning ba’zilarida xodimning o‘limiga koronavirus infeksiyasi asoratlari sabab bo‘lgani ko‘rsatib o‘tilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan yuritilayotgan koronavirus statistikasiga ko‘ra, O‘zbekistonda hozirgacha 429 kishi COVID-19 oqibatida vafot etgan. Biroq “Daryo” yuritayotgan alohida hisob bo‘yicha, O‘zbekistonda koronavirus qurbonlari soni rasmiy statistikadagidan kamida 18 taga ko‘p.

Xususan, Sog‘liqni saqlash vazirligi statistikasidagi quyidagi o‘lim holatlari hisobga olinmagan:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют