» » MEDIAPARK va Se?or & Se?orita xaridorlarga 5 ta avtomobil sovg‘a qiladi

MEDIAPARK va Se?or & Se?orita xaridorlarga 5 ta avtomobil sovg‘a qiladi


Eng keng ko‘lamli yozgi aksiyalardan biri 1-may kuni start oladi. Batafsil maqolada.

MEDIAPARK maishiy texnika va elektronika tarmog‘i Se?or & Se?orita uyga mo‘ljallangan tovarlar do‘konlar tarmog‘i bilan yozgi mavsum boshlanishiga an’anaviy ravishda juda ham katta mukofot jamg‘armasi bo‘lgan katta aksiyani ishga tushirmoqda. Xaridorlar bu ajoyib vaqtni intizorlik bilan kutishadi. Bu yili esa hammasi yanada yaxshiroq bo‘ladi, sababi asosiy sovrinlar – 5 ta Chevrolet Cobalt va Samsung, Huawei, Artel, Panasonic, Polaris, LG,  Braun, Philips, Karaca Home, Sarev, Avchi hamda Korkmaz kabi yetakchi brendlardan 100 dan ortiq qimmatbaho sovg‘alar bor.

Yozgi aksiya ishtirokchisiga qanday aylanish mumkin?

2017-yilning 1-may kunidan 31-iyul kuniga qadar MEDIAPARK yoki Se?or & Se?orita’ning istalgan do‘konidan va albatta MEDIAPARK.uz onlayn do‘konidan qiymati 1 000 000 so‘m va undan yuqori bo‘lgan xaridni amalga oshirgan har bir xaridor o‘z omadini sinab ko‘rishi mumkin. Ishtirok etish uchun kuponni to‘ldirish va har bir do‘konda o‘rnatilgan maxsus qutiga tashlash lozim. G‘oliblarni aniqlash marosimi avgust boshida o‘tkaziladi.

MEDIAPARK va Se?or & Se?orita do‘konlar tarmog‘i shiori – baxt ulashing. G‘oliblarni aniqlash marosimi esa – bu juda hayajonli va hissiyotlarga boy jarayon. Ayniqsa g‘olib bo‘lganlarni kuzatish juda ham yoqimli. Tasavvur qiling, siz choyshab yoki muzlatgich xarid qilasiz, bir qancha vaqtdan so‘ng esa sizga MEDIAPARK va Se?or & Se?orita do‘konlari vakillari qo‘ng‘iroq qilishadi hamda siz avtomobil yoki boshqa qimmatbaho sovrinni yutib olganingiz haqida xabar berishadi. Ajoyib, to‘g‘rimi?

MEDIAPARK va Se?or & Se?orita bilan mo‘jizaga ishoning va avtomobil hamda ko‘plab boshqa sovg‘alarni yutib oling!

Batafsil http://promo.mediapark.uz va http://senorandsenorita.uz/ rasmiy saytlarida

Facebook’dagi rasmiy sahifalar:

https://www.facebook.com/mediapark.uz

https://www.facebook.com/senorandsenorita

Instagram’dagi rasmiy sahifalar:

https://www.instagram.com/mediapark.official

https://www.instagram.com/senorandsenorita/

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (1-05-2017, 09:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют