» » 44 yoshli turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay turmushga chiqmoqda

44 yoshli turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay turmushga chiqmoqda


44 yoshli mashhur turk aktrisasi Nurgul Yeshilchay to‘y kuni to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi, deb yozadi “RusTurkey.com”.

Ma’lum bo‘lishicha, 2021-yilning yoz faslida aktrisa prodyuser Nejati Kojabayga turmushga chiqadi. Bir necha yildan buyon birga yashab kelayotgan juftlik aynan shu yili to‘y qilishni rejalashtirgan edi, ammo pandemiya sabab to‘xtatilgan.

“Biz to‘yni biroz keyinroqqa qoldirdik, chunki baxtli kunim oddiy nishonlanishini xohlamayman. To‘yimiz ajoyib tarzda o‘tishini istayman, ko‘plab mehmonlar tashrif buyursa. Lekin pandemiya davrida buning iloji yo‘q”, ? deydi aktrisa.

Ma’lumot uchun, Nurgul Yeshilchay turkiyalik teatr va kino aktrisasi, u bir necha serial va filmlarda bosh rollarini ijro etgan. U eng ko‘p maosh oladigan aktrisalar ro‘yxatida turadi. Shuningdek, bir qator nufuzli mukofotlar egasi. Aktrisa filmlarda suratga tushishdan tashqari teatrda ham ishlaydi, musiqalar yozishni yaxshi ko‘radi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют