» » Tramp Kim Chen Inni olg‘ir deb maqtadi

Tramp Kim Chen Inni olg‘ir deb maqtadi


AQSh prezidenti Donald Tramp yosh bo‘lganligiga qaramasdan ko‘pchilik tajovuz qilgan hokimiyatni egallashga erishgan KXDR yetakchisi Kim Chen Inga tan berdi. Amerika rahbari CBS’ga bergan intervyusida KXDR yetakchisi shubhasiz juda ayyor odam ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “MK.ru”.

“To‘g‘risini aytganda, u haqda hech qanday izoh bera olmayman. Odamlar ‘U aqldan ozganmi?’ deb so‘rashadi. Bilmadim. Lekin ko‘pchilikka yoqmaydigan bir narsani aytishim mumkin — otasining vafotidan so‘ng hokimiyatni meros qilib olganda u bor-yo‘g‘i 26 yoki 27 yoshda edi. Uning juda jiddiy odamlar, generallar va boshqalar bilan muomalada bo‘lishiga to‘g‘ri keldi va juda yosh chog‘ida hokimiyatni saqlab qolishga erishdi. Ko‘pchilik, uning amakisi va boshqalar hokimiyatni undan tortib olishga urindi. Biroq u buni saqlab qoldi. Demakki u olg‘ir”, — dedi Tramp.

Shu bilan birga u Shimoliy Koreya muammosi allaqachon hal etilgan bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Tramp bu muammo Barak Obama, Jorj Bush yoki hatto Bill Klinton ma’muriyati davrida yechilishi kerak bo‘lganligini ma’lum qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 09:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют