» » O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etiladi

O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi joriy etiladi


Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini joriy etishga oid tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Quyidagilar:

Mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining lozim darajada bajarilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklanadi.

Jamg‘armaning ijro etuvchi direktoriga:

Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi (B.A.Musayev):

Davlat tibbiy sug‘urtasi tizimini tashkil etish doirasida kafolatlangan tibbiy yordam hajmini belgilash, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini baholash hamda uning tasdiqlangan standartlarga muvofiqligini monitoring va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yiladi.

O‘zbekiston Moliya vazirligi Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish uchun zarur mablag‘larni asoslantirilgan hisob-kitoblar bo‘yicha 2020-yilda – O‘zbekiston Davlat budjeti parametrlarida Sog‘liqni saqlash vazirligi uchun nazarda tutilgan mablag‘larning cheklangan miqdorlari doirasida ajratadi va 2021-yildan boshlab – davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmlaridan kelib chiqib, har-yili tegishli-yil uchun budjet parametrlarida nazarda tutadi.

Toshkent shahar hamda Sirdaryo viloyati hokimliklari bir oy muddatda Jamg‘armaga tegishincha Toshkent va Guliston shaharlarida tekin foydalanish huquqi bilan bino ajratilishini ta’minlaydi.

O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jamg‘armani zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqasi bilan belgilangan tartibda ta’minlaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 13:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 109) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют