» » Oliy liga. Samarqand muxlis to‘plashda yana peshqadam. Toshkent doimgidek so‘nggi o‘rinda

Oliy liga. Samarqand muxlis to‘plashda yana peshqadam. Toshkent doimgidek so‘nggi o‘rinda


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 8-turida Samarqandning “Dinamo” klubi eng ko‘p muxlis to‘pladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

Samarqand klubi bunga qadar “Sho‘rtan”, “Navbahor” va “Buxoro” jamoalariga qarshi uy uchrashuvlarida ham ishqibozlar tashrifi bobida peshqadam bo‘la olgandi.

8-turda eng kam tomoshabin eng ko‘p gol urilgan o‘yinga keldi: “Lokomotiv” — “Obod”. Rauf Inileyev shogirdlarining mavsumdagi eng yirik mag‘lubiyatiga 500 dan ko‘proq muxlis guvoh bo‘ldi.

“Dinamo” — “So‘g‘diyona” 2:2 (12.805 tomoshabin)
“Qizilqum” — “Nasaf” 1:1 (7.538)
“Sho‘rtan” — “Qo‘qon—1912” 2:3 (3.517)
“Mash’al” — “Bunyodkor” 1:0 (2.896)
“Paxtakor” — “Navbahor” 1:0 (1.552)
“Metallurg” — “Buxoro” 1:2 (1.429)
“Neftchi” — “Olmaliq” 1:1 (1.250)
“Lokomotiv” — “Obod” 7:0 (515).

Eslatma. 7-tur Namanganning “Navbahor” klubi muxlis to‘plash borasida peshqadam bo‘lgandi.

Опубликовано: admin (1-05-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 79) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют