» » Farg‘onaning “Istiqlol” futbol klubi faoliyatini yakunladi

Farg‘onaning “Istiqlol” futbol klubi faoliyatini yakunladi


Farg‘onaning “Istiqlol” klubi o‘z faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev ma’lum qildi.

“Farg‘onaning “Istiqlol” klubi faoliyatini davom ettira olmasligi bo‘yicha xat bilan murojaat qildi. Bu biz uchun qayg‘uli xabar. Chunki “Istiqlol” kam sonli xususiy klublardan biri hisoblanadi.

Afsuski, Farg‘onadagi “Istiqlol” stadioni masalasi ijobiy hal etilmadi. “Neftchi” ham, “Istiqlol” ham undan surgun qilingan. Pro-Liga uchrashuvlari translyatsiyasini yo‘lga qo‘yib, cho‘lli G‘uzordan, chekka Yaypandan, tog‘li Zomindan jonli efirga chiqdik. Ammo Farg‘onaning qoq markazida joylashgan arenada birorta futbol ko‘rmadik.

PFL Istiqlol futbol klubidagi ish o‘rnidan chetda qolayotgan futbolchilarga boshqa jamoalarga o‘tish imkoniyatini yaratib beradi. Farg‘onalik yuz minglab futbol muxlislariga esa mustahkam sabr tilaymiz”, — deya yozadi Imomxo‘jayev.

“Istiqlol” Pro-Liga ishtirokchisi hisoblanib, 2020-yilgi mavsumning 7-turidan keyin 9 ochko bilan 6-o‘rinda bormoqda.

Avvalroq klub Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida o‘yin o‘tkaza olmayotgani ma’lum bo‘lgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют