» » Braziliyaning eng badavlat odami uy qamog‘iga hukm qilindi

Braziliyaning eng badavlat odami uy qamog‘iga hukm qilindi


Bir necha yil davomida Braziliyaning eng badavlat odami hisoblangan tadbirkor Eyke Batista 30-aprel, yakshanba kuni uy qamog‘iga hukm qilindi. Biznesmen sud jarayonini kutgan “Bangu” jazoni ijro etish muassasasidan ozod etilish jarayonini Globo telekanali namoyish etdi, deb yozadi “TASS”.

Sobiq milliarder jazoni Rio-de-Janeyro Botanika bog‘i yaqinida joylashgan ikki qavatli dang‘illama uyda o‘taydi. Batistaga o‘zi aloqador hisoblangan korrupsiya ishi bo‘yicha boshqa gumonlanuvchilar bilan muloqot qilish taqiqlangan. Bundan tashqari, politsiya oldindan ogohlantirishsiz uning uyida paydo bo‘lish huquqiga ega.

29-aprel, shanba kuni OAVlari Braziliya oliy sudi sudyasi Jilmar Mendes korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni davomida Batistani hibsdan ozod etish haqida qaror qilganligi haqida xabar bergan edi. Biroq bir necha soatdan so‘ng yangi qaror chiqarilib, sobiq milliarder uy qamog‘iga hukm qilindi.

Batista yanvar oyi oxirida hisbga olingan edi. U Rio-de-Janeyro shtati sobiq gubernatori Serjiu Kabralga 16,5 million dollar pora berganlikda ayblanmoqda. Gubernator o‘tgan yilning noyabr oyida korrupsiyada gumon qilinib hisbga olingan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (1-05-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют