» » Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 31 milliondan oshdi

Dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 31 milliondan oshdi


Butun dunyo bo‘ylab 21-sentabr 18:00 holatiga ko‘ra, COVID-19 bilan kasallanganlar soni 31 092 895 kishini tashkil qilmoqda. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.

Universitetning statistikasiga ko‘ra, 21 274 210 kishi yoki bemorlarning 2/3 qismi qismi kasallikdan forig‘ bo‘lgan. 961 301 kishi esa ushbu kasallik oqibatida vafot etgan.

Kasalliklar soni bo‘yicha ro‘yxatda hali hamon AQSh (6 812 470 nafar kishida kasallik qayd etilgan) yetakchilik qilmoqda. Undan keyingi o‘rinlarda Hindiston (5 487 580) va Braziliya (4 544 629) turibdi. E’tiborli tomoni yuqoridagi 3 ta davlatda dunyo bo‘ylab kasallanganlarning 51 foizidan ko‘prog‘i qayd etilgan.

Sog‘ayganlar soni bo‘yicha ham yuqoridagi uchta davlat ro‘yxatda peshqadamlik qilmoqda. Birinchi o‘rinda Hindiston (4 396 399) bo‘lsa, Braziliya (3 963 446) va AQSh (2 590 671) keyingi o‘rinlarda qayd etilgan.

O‘lim holatlari bo‘yicha ham yuqoridagi uch davlat ro‘yxatning yuqorisida qayd etilgan. AQShda 199 517 kishi koronavirusdan vafot etgan. Braziliyada 136 895 kishi, Hindistonda 87 882 kishi COVID-19 oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.

Ma’lumot uchun, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 30-avgustda 25 milliondan, 11-sentabr kuni 28 milliondan, 14-sentabr kuni esa 29 million 18-sentabr kuni 30 million kishidan oshgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 64) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют