» » “Sporting” akademiyasi Krishtianu Ronaldu nomi bilan ataladigan bo‘ldi

“Sporting” akademiyasi Krishtianu Ronaldu nomi bilan ataladigan bo‘ldi


Portugaliyaning “Sporting” klubi o‘z akademiyasini nomini o‘zgartirdi.

Endilikda u jamoa sobiq hujumchisi, hozirda “Yuventus”da to‘p surayotgan Krishtianu Ronaldu nomi bilan ataladi. Krishtianu “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 1997—2003-yillar mobaynida klub tizimida to‘p surgan va u yerdan “Manchester Yunayted”ga yo‘l olgan.

Lissabonliklar klubining ta’kidlanishicha, endi klub akademiyasi Portugaliya va jahon futboli tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilaridan biri nomi bilan ataladi. Ta’kidlanishicha, akademiya o‘zining eng buyuk tarbiyalanuvchisi nomini abadiylashtirishni istamoqda. Bu klub tizimida o‘ynayotgan yosh futbolchilarni ilhomlantirishiga umid bildirilmoqda.

2019-yilning oktabr oyida “Sporting” prezidenti Frederku Varandash jamoa stadioni Ronaldu nomi bilan atalishi mumkinligini aytgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-09-2020, 21:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют